Toshkent sh, Olmazor tumani, Olimpiya MFY, Isteʼdod 1-uyDush-Shan · 08:00-18:00 · Statsionar 24/7
+998 55 517-10-03

Imtiyozli shaxslarga

Xabaringiz bor, imtiyozli toifaga kiruvchi shaxsga elektron yo‘llanma asosida ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar ma’lumoti my.gov.uz portali orqali onlayn olish imkoniyati ishga tushirilgan. Mazkur xabarimizda undan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishtirmoqchimiz.
1️⃣qadam
my.gov.uz portaliga kiriladi va “Imtiyozli davolanishni tekshirish” saxifasiga o‘tiladi va “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi (bunda id.egov.uz orqali shahsiy kabinetga kirish talab etiladi, aks holda xizmatdan foydalana olmaysiz).
2️⃣qadam
Arizachining turi tanlanadi (Arizachi/Ota-ona/ Ishonchli vakil).
3️⃣ qadam
Arizachining shaxsiy ma’lumotlari kiritiladi (JSHSHIR, yashash manzili).
4️⃣qadam
Imtiyozli yo‘llanma ma’lumotlari kiritiladi.
5️⃣qadam
Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxsga elektron yo‘llanma asosida ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar ma’lumoti yuklab olinadi.