
Direktor
Abduqayumov Abdumannop Abdumadjitovich
Tibbiyot fanlari doktori
O‘zbekiston otolaringologlar assotsiatsiyasi, Butunjahon otolaringologlar konferensiyasi (IFOS) va Yevropa plastik va rekonstruktiv jarrohlar assotsiatsiyasi (IPRAS) aʼzosi.
U Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi LOR bo‘limida, «Gatling-Med» va «Estimed» xususiy klinikalarida ishlagan. 2013-yildan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tug‘ma va orttirilgan LOR kasalliklari bo‘limida shifokor-ordinator, 2014-yildan bosh shifokor bo‘lib faoliyat yuritgan. 2023-yilda markaz direktori lavozimiga tayinlangan.
2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi va qurilish akademiyasi qoshidagi «Rahbar» markazida tahsil olgan.





