Toshkent sh, Olmazor tumani, Olimpiya MFY, Isteʼdod 1-uyDush-Shan · 08:00-18:00 · Statsionar 24/7
+998 55 517-10-03

FAQ

Ko'p so'raladigan savollar

Bemorlar va ota-onalar uchun markazda davolanish, tashxis va bolalar salomatligi bo'yicha foydali ma'lumotlar.

Mavzular

Ota - Onalarga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, aholiga shu jumladan, bolalarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishda oshqoralik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari asosida zamonaviy talablarga javob beradigan samarali xizmat ko‘rsatish tizimini shakillantirish maqsadida 2021 yil 1 oktyabrdan yangi tizim joriy etildi.

Markazda bolalarni davolanish yangi tartibi qanday?
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab quyidagilar joriy etildi:

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga kvota asosida order berish tartibi bekor qilindi va moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida ularni hisobga olish va navbat asosida davolanishga imtiyozli toifaga kiruvchi bemor bolalarni yo‘llashning elektron axborot tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Markazda davolanish uchun elektron navbatga turish uchun bemorlar qaysi muassasalarga murojaat qilishi kerak va hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron axborot tizimi tartibi qanday?
Ota-onalar avvalombor oilaviy shifokorlik punktlari yoki oilaviy poliklinikalariga murojaat qilishi lozim va:

1. Xar bir bemor bola o‘zi yashab turgan oilaviy shifokor punktlari yoki oilaviy poliklinikalari tomonidan tuman (shaxar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalariga tor mutaxassis ko‘rigi uchun yo‘naltiriladi.
2. Tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida tor mutaxassislar ko‘rigidan keyin va respublika miqyosida davolanishi lozimligi to‘g‘risida qaror qabul qilgandan so‘ng bemor ma’lumotlarini elektron tizimiga kiritiladi. Tuman (shaxar) tibbiyot birlashmasining komissiyasisi tomonidan ko‘rib chiqqandan so‘ng bemorning ma’lumotlari elektron tizim orqali Xududiy ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga (Toshkent shaxrida – 1-sonli Shaxar bolalar klinik shifoxonasiga) yuboriladi. Bu maussasalarida bemorni keyinchalik Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yuborilishi ko‘rib chiqiladi.
3. Xududiy bolalar ko‘p tarmoqli markazlaridagi (Toshkent shaxrida – 1-sonli Shaxar bolalar klinik shifoxonasi) mahsus tibbiy komissiyasi mutaxassislari tomonidan bemor to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganib chiqilib, agar bemorning kasalligi bizning Markazda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklarga to‘g‘ri kelsa, elektron tizimi orqali respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ma’sul shaxslariga yetkaziladi, bunda bemorning barcha taxlillar natijalari kiritilishi lozim.
Agar bemorga Xududiy bolalar ko‘p tarmoqli markazlarida (Toshkent shaxrida – 1-sonli Shaxar bolalar klinik shifoxonasida) tibbiy yordam ko‘rsata olinsa, yoki kasalligi bizning Markazda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklarga to‘g‘ri kelmasa, bemor ushbu muassasalarga yo‘naltiriladi.

4. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ma’sul shaxslari tomonidan agar bemordagi kasallik bizning Markazda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasallikka to‘g‘ri kelsa, 1 kun muddatda navbat asosida bemorning davolanish uchun matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega bo‘lgan yo‘llanma rasmiylashtiriladi va elektron tizim orqali Xududiy bolalar ko‘p tarmoqli markaziga (Toshkent shaxrida – 1-sonli Shaxar bolalar klinik shifoxonasida) yetkaziladi. Bemorning yotkazilish kuni Markazda belgilanadi.
Agar bemordagi kasallik bizning Markazda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasallikka to‘g‘ri kelmasa, Markazda davolanish rad etiladi, bu qaror elektron tizimi orqali Xududiy bolalar ko‘p tarmoqli markaziga (Toshkent shaxrida – 1-sonli Shaxar bolalar klinik shifoxonasida) yetkaziladi.

5. Bemorga rasmiylashtirilgan matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega bo‘lgan yo‘llanmani Markazga gospitalizatsiya qilish uchun ota-onalar elektron tizimiga kiritilishi bo‘yicha dastlabki murojaat qilgan muassasasida, ya’ni Tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida olishligi lozim.
Bemorlar Markazga davolanish uchuni elektron tizimda ko‘rsatilgan ota-onasi telefon raqamiga Markaz tomonidan qo‘ngiroq yoki SMS orqali ma’lumot olgandan so‘ng yotkaziladi.

Matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega bo‘lgan yo‘llanma axborot tizimida avtomatik tarzda shakllantiriladi va imtiyozli toifaga kirgan bemor bolaga markazda Davlat budjeti mablag‘lari xisobidan davolanish uchun huquqini beradi.
Markazda Davlat budjeti mablag‘lari xisobidan davolanish uchun qaysi bemor bolalar imtiyozli toifaga kiradi?
Markazda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bemor bolalarni davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2021 yil 30 avgustdagi 215-sonli buyrug‘ida tasdiqlangan. Bunda markazning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha kasalliklar tasdiqlangan. Ushbu kasalliklar mavjud bo‘lgan bemor bolalar yuqorida ko‘rsatilgan tartibda, ya’ni Matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega bo‘lgan yo‘llanma elektron axborot tizimida avtomatik tarzda shakllantirilgan xolda, Markazga davolanish uchun yo‘naltiriladilar.
Agar bemor bolani kasalligi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bemor bolalarni davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxatiga kirmagan bo‘lsa, lekin uning ota-onasi ushbu Markazda davolanishini xoxlasa, bolani Markazga davolashga yotqizish mumkinmi?
Xa, mumkin. Bu xolda davolanish tasdiqlangan preyskurant asosida to‘lanish lozim.
Agar bemor bolani kasalligi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bemor bolalarni davolanish huquqini beruvchi kasalliklar ro‘yxati kirgan bo‘lsa, lekin uning ota-onasi bolani elektron navbatga kiritilishini xoxlamasa va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega bo‘lgan yo‘llanmasiz murojaat qilinsa bu xolatda nima bo‘ladi?
Bu xolatda davolanish tasdiqlangan bazaviy narxlar asosida to‘lanish lozim. Faqatgina elektron tizimida avtomatik tarzda shakllantirilgan matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega bo‘lgan yo‘llanma imtiyozli toifaga kirgan bemor bola, ya’ni uni kasalligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirzigining 2021 yil 30 avgustdagi 215-sonli buyrug‘ida tasdiqlangan ro‘yxatiga kirganligi, markazda Davlat budjeti mablag‘lari xisobidan davolanish uchun huquqini beradi.

SЕLIAKIYA NIMA?

SЕLIAKIYA NIMA?
Seliakiya nima? Onalar bu kasallik xaqida nimalar bilishadi? Farzandingizda seliakiya belgilari yuqligiga aminmisiz? Nima qilish kerak? Kimga murojaat qilish kerak? Qanday davolash kerak?

Seliakiya yoki glyuten enteropatiyasi kasalligining klinik ko‘rinishini birinchi marta bundan 100 yil avval Samuel Dji tomonidan ilmiy yoritib berilgan. Birinchi marta bu kasallik bo‘y o‘sishining ortda qolishi, ich ketishi va ovqatlanishni buzilishi sindromi bilan kechishini aniqlab bergan. Shunga qaramay shu kungacha bu kasallikning xayratlanarli yashirin klinik belgilari va glyutensiz davolashning dramatik natijalari haqida ko‘plab ilmiy maqolalar chop etilishi davom etmoqda. Bu kasallikni tarqalganligi bizning xududimizda erta va maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning 1:366, Yevropa davlatlarida taxminan 1:300, 1:500 tashkil etadi, bu kasallik eng ko‘p Italiyada tarqalgan 1:198.

Seliakiyaning xududimizda ko‘p bo‘lmasada, lekin borligi bizni juda bezovta qiladi. Bu kasallik birlamchi so‘rilishning buzilishi va immun kasalliklarning klassik modeli hisoblanadi.

Seliakiya infeksion xarakterga ega bo‘luvchi o‘tkir diareyadan farqli o‘laroq, uzoq davom etuvchi diareya ko‘p hollarda noinfeksion faktorlarga ya’ni oziq ovqat mahsulotlarini xazm qilmaslik va ichaklarda so‘rilishni buzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Boshoqli o‘simliklar donlarini hazm qila olmaslik ovqat hazm qila olmaslikni ko‘p uchraydigan shakllaridan biridir. Insoniyat foydalanadigan ko‘p sonli boshoqli o‘simliklardan 5 tasida, organizmida kuchli sezuvchanligi bo‘lgan insonlar ingichka ichak shilliq qavatiga zaxarli ta’sir qiluvchi glyuten va unga o‘xshash oqsillar bor. Bular tarkibidagi oqsil moddasi – Seliakiya nomli ogir kasallikni keltirib chiqarishi xossasiga ega bo‘lgan bug‘doy, javdar, suli, tariq va arpadir.

Seliakiya – ingichka ichak shilliq qavatini boshoqli donlar oqsili gliadin ta’sirida zararlanishi natijasida kelib chiquvchi, tug‘ma, ko‘p belgili va kuchayib boruvchi xastalikdir. U ingichka ichak shilliq qavati zararlangan qismida ovqat so‘rilishini buzilishi bilan kechadi. Klinik ko‘rinishda ko‘p miqdorda ichining suyuq ketishi va ichakda so‘rilishni buzilishini og‘ir sindromini keltirib chiqaruvchi steotoreya ustunlik qiladi. Seliakiya kech aniqlanadi, bu bolalarda, ayniqsa 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda morfologik va instrumental tekshirishlarni o‘tkazish muayyan qiyinchiliklariga, kasallikni atipik kechishiga, ichakdan tashqari belgilarni sodir bo‘lish darajasiga bog‘liqdir. Kasalikni kech aniqlanishi natijasida, organizmda bemor hayotiga xavf soluvchi og‘ir metabolik buzilishlar sodir bo‘ladi. Bolaga qo‘yilgan seliakiya tashxisi uni nogiron ekanligini bildiradi. Shu sababli erta tashxis qo‘yilishi juda xam muximdir, chunki kasallikni zo‘rayib borishi nogironlikga olib borishdan tashqari ichakda xatarli o‘smalar paydo bo‘lish xavfini oshiradi va natijada bolalar o‘limi oshishiga olib keladi.

Boshoqli ekinlar glyuten oqsili ta’sirida ingichka ichak shilliq qavati yupqalashadi, ichak so‘rg‘ichlari yassilanib ketadi. Bu ichak so‘ruvchi yuzasini keskin qisqartiradi, natijada barcha oziq moddalarni ayniqsa yog‘larni so‘rilishini buzilishiga olib keladi. Kasallikning «klassik» shakli klinik jihatidan 4-8 haftadan keyin o‘zini namoyon qiladi. Ko‘pincha manniy bo‘tqasi yoki gerkules qaynatmasi, pechene, non mana shunday belgilarni beradi. Ko‘pincha kasallik bola hayotini ikkinchi yilida boshlanadi, (bazi hollarda genetik defektlarni yuzaga chiqishiga imkon tug‘diruvchi omillar ta’sirida undan xam kech boshlanadi ichak infeksiyalari yoki boshqa o‘tkir kasalliklar, ruxiy-hayajonli holatlar va boshkalar).
KLINIK KO'RINISHI
Seliakiya ko‘p miqdorda bo‘tqasimon yoki suyuq holda, badbo‘y, yuzasi yaltiroq (yog‘li) axlat kelishi xarakterli. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach bemor vazniga vazn qo‘shilishi to‘xtaydi, qorni kattalashadi, muskul to‘qimasi kamayadi, bemor ozib-to‘zib (oriqlab) ketadi. Bazi xollarda yog‘ni yo‘g‘on ichakga ta’siri natijasida qabziyat yuzaga keladi va bunda to‘g‘ri ichakning tushishi kuzatiladi, ishtahani pasayishi, ko‘tarilishi, yoki butunlay yo‘qolishi kuzatiladi. Yoshga nisbatan og‘irligi va bo‘yini o‘sishi ortda qoladi. Ba’zi bemorlarda yondosh ovkat allergiyasi ko‘rinishi – atopik dermatit ko‘zga tashlanadi. Kasallik jarayonini kuchayib borishi bilan birga kalsiy-fosfor yetishmovchiligi namoyon bo‘ladi: jismoniy xarakatda yoki tinch turgan paytda suyaklarida og‘riq, suyaklarini salga sinishi, tish emalini zararlanishi, tishlar kariyesi, kalsiy yetishmovchiligi tirishishlari. Bolalar jaxldor, tajovuzkor bo‘lib qolishadi. Yuqorida qayd qilingan asosiy belgilardan tashqari bemorlarda umumiy belgilar- vitamin-mineral va oksil yetishmovchiligi kuzatiladi: tez-tez shamollash (ORVI), mushak to‘qimasi darmonsizligi, sezuvchanlikni pasayishi va yo‘kolishi, tetaniyagacha bo‘lgan muskul tirishishi, xushdan ketish, sochlarini to‘kilishi, tirnoqlarini distrofik o‘zgarishi va sinuvchan bo‘lib qolishi, suyaklarida og‘riq, suyaklarining qiyshayishi, jismoniy rivojlanishdan ortda qolish, kon ketishni kuchayishi –kichik-kichik qon quyilishidan burundan qon ketishgacha, kechasi ko‘rishni yomonlashishi, folekulyar giperkeratoz, ovoz paylarini shamollashi, tez-tez qaytalovchi stomatitlar, oqsilsiz shishlar.

Seliakiyani kechishida zo‘riqish va remissiya davrlarini almashib turishi xosdir. Remissiya davri bir necha o‘n yillar davom etishi mumkin. Kasallikni qaytalanishi yangi-yangi organ va sistemalarning jaroxatlanishi bilan birga kechadi. O‘z vaqtida shifokorga qilingan murojaat va tashxisni aniklash, zarur davo muolajalarini o‘tkazilishi bemor xayotini saklabgina qolmasdan ko‘pchilikda ish qobiliyatini xam tiklaydi. Ko‘p hollarda bemorlar infeksion kasalxonalarda samarasi bulmasada uzoq vaqt antibakterial preparatlar bilan davolanadilar. Bu esa kasallikning yanada davom etishiga va chuqurroq metabolik o‘zgarishlarga olib keladi.
OTA-ONALAR NIMALARGA E’TIBOR BЕRISHLARI KЕRAK?
Kasallikni erta aniklash maqsadida biz ota-onalarga quyidagi asosiy va qo‘shimcha belgilarga etibor berishlarini tavsiya qilamiz.

ASOSIY BЕLGILAR:

- kuniga ikki va undan ortiq marta, ko‘p miqdorda, qo‘lansa xidli, yaltiroq rangli axlat kelishi;
- tana og‘irligi va bo‘y o‘sishini ortda qolishi;
- qorin aylanasi o‘lchamini oshishi;
- qorinda og‘riq bo‘lishi;
- qusish, ba’zi-ba’zidan bo‘lishidan to xar kuni qaytalanishgacha;
- ishtaxasining pasayishi yoki ko‘tarilishi;
- suyaklarida og‘rik, tishlar kariyesi, suyaklarini sinuvchanligi, raxit belgilarining yaqqol ko‘rinishi;
- jaxldorlik va tajovuzkorlik;
- bexalovat uyqu;
- allergik dermatit
- QO‘SHIMCHA BЕLGILAR:

- tez-tez shamollash (ORVI), 1 yilda 3 martadan ortiq;
- to‘g‘ri ichakni tushishi;
- mushaklar darmonsizligi;
- qaytalanuvchi mushaklar tirishishi;
- qaytalanuvchi uyishishlar;
- burundan tez-tez qon ketishi;
- kechasi ko‘rishni yomonlashuvi;
- terida qichishish paydo bo‘lishi;
- qaytalanuvchi stomatitlar;
- qo‘l va oyoqlarida oqsilsiz shishlar;

Bolalarida 3 ta asosiy belgi yoki 2 ta asosiy belgi va 2 ta va undan ortiq qo‘shimcha belgilarni qo‘shilib kelishini sezsalar darxol maxalliy pediatr yoki gastroenterolog shifokorga murojat qilishlari shart, chunki bu belgilar seliakiyaga shubxa kiluvchi belgilardir.
SЕLIAKIYASI BOR BOLALARNI QANDAY DAVOLASH KЕRAK?
Seliakiyani davolash bemor ovqatidan glyuten va tarkibida glyuten bor maxsulotlarni olib tashlashdan iboratdir. Non va non maxsulotlari, suli, tariq, arpa bo‘tqalari man etiladi, ularni o‘rniga guruch, makka, marjumak (grechka) ishlatiladi. Esda tutish keraki tomatli baliq konservalari, qaynatilgan kolbasa va boshqa ovqat maxsulotlari tarkibida un bo‘ladi, bu esa bemorlarga zararli xisoblanadi. Xatto 1 sutkaga 200-250 mg glyuten is’temol qilish xam ichak so‘rilishini buzilishiga olib kelishi uchun yetarli bo‘ladi!

Seliakiyasi bor kichik yoshdagi bolalarda xam glyuten ovqa ratsionidan olib tashlanadi, uni o‘rniga gidrolizatlar, glyutensiz-sutsiz bo‘tqalar, glyutensiz nonushtalar, go‘sht, parranda go‘shti, meva va sabzavotlar asosidagi bolalar diyetik konservalari ishlatiladi.davolashni boshida bu bolalar ovqatidan sigir sutini olib tashlagan ma’quldir.

Glyutensiz sutli butkalar:

Glyutensiz tayyor nonushtalar: makkali, guruchli bodroqlar, qalamchalar, nonlar.

Seliakiya bir umrli kasallik ekanligini ota-onalar doimo yodda tutishlari muximdir. Ko‘pchilik ota-onalar nonsiz diyetani ikkilanib qabul qiladilar, ularni fikricha bolani nonsiz ovqatlanishi xech xam mumkin emas. Ular doimo tushunishlari kerak: boshqa bolalar uchun foyda bo‘lgan non ularni bolalari uchun zaxardir.

Davolash boshlangandan bir necha oy o‘tib bolalar to‘lik sog‘lom bo‘lishadi, ichakda so‘rilish tiklanadi. Xuddi mana shu vaktda bolaga ta’kiklangan pechene yoki teshik kulcha berish xoxishi paydo bo‘ladi, go‘yoki bu xech qanday noxush xolatga olib kelmaydi. Albatta amalda bu ich buzilishini olib kelmaydi, ammo glyutenga qarshi antitelolar miqdori oshadi, va ichakda yana shilliq qavat atrofiyasi yuz beradi. Agar bola xayotini birinchi yilida glyuten is’temol qilmagan bo‘lsa, kelajakda unda nonga bo‘lgan extiyoj sezilmaydi, diyetik cheklashlar uni qiynamaydi.

Ichak disbiozi

Ichak disbiozi nima?
Ichak disbiozi – bu turli salbiy omillar oqibatida normal ichak mikroflorasining miqdori va/yoki tarkibining o‘zgarishi va bu, o‘z navbatida, tashhis hisoblanmaydi.
Ichak mikroflorasi nima va u qanday vazifalarni bajaradi?
Bolaning yoshiga ko‘ra ichak mikroflorasining 85 – 98 % ni bifidobakteriyalar tashkil qiladi, shuningdek, laktobakteriyalar, ichak tayokchasi, Escherichia, Clostridium, stafilokokklar, streptokokklar ham mavjud. Shularning ayrimlari – foydali: ular vitaminlar sintezi, oziq-ovqat hazmi va immun tizimini yaxshilashga hamda tanadagi boshqa muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradi.

Ayrimlari – nisbatan zararli: ular ichakda ovqat chirishi jarayonini kuchaytirishi hamda hazm jarayonini buzishi mumkin. Agar bular o‘rtasidagi muvozanat buzilsa ichak disbiozi rivojlanadi.
Ko‘krak yoshidagi bolalarda ichak disbiozi paydo bo‘lishi sabablari qanday?
- Sun’iy ovqatlantirish;
- Ko‘krakka noto‘g‘ri qo‘yish;
- Aralashmalarni tez-tez o‘zgartirish;
- Sut yoki aralashmaning ayrim komponentiga allergik reaksiyalar;
- Erta qo‘shimcha ovqat kiritish;
- Antibiotik bilan davolash;
- O‘tkir respirator kasallik va boshqa yuqumli kasalliklar bilan tez-tez kasallanish;
- Immun tizimining sustligi;
- Keserva jarrohlik yo‘li bilan tug‘ilish.
Ichak disbiozi qanday davolanadi?
Ichak disbiozini davolash uchun kupgina dori vositalari mavjud. Ularni 2 guruxga bo‘lish mumkin: probiotiklar – ichak uchun foydali bakteriyalarni saqlaydi. Prebiotiklar – bular bor mikroorganizmlarni ko‘payishiga yordam beradi. Prebiotiklar probiotiklarni ta’sirini kuchaytirganligi sababli ularni birga qo‘llash maqsadga muvofiq, ya’ni simbiotiklarni.
Bolalarda ichak disbiozida parhez qanday bo‘lishi kerak?
Davolash vaqtida organizmning xususiyatlarini hisobga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlari yaxshi hazm bo‘lishi uchun iliq holda berish kerak. Ichak disbiozida dieta 2 bosqichda olib boriladi: 1- bosqich: birinchi 2 – 3 kun, 2-bosqich keyingi 3 – 6 kundagi parhez. 1-bosqichda yog‘siz bul'onlar, shakarsiz kompot, parda pishgan meva va sabzavotlar, biokefir beriladi. 2-bosqichda 1-bosqichga qo‘shimcha ravishda pishirilgan yog‘siz go‘sht, shakarsiz yog‘siz tvorog va bo‘tqalar qo‘shiladi.

Dori bilan davolash 3-8 kun davom etadi. Parhez tugashi bilan odatdagi ovqat rasioniga o‘tiladi. Bu jarayon asta-sekin amalga oshirilishi lozim: har kuni 2-3tadan yangi mahsulot qo‘shiladi.
Ko‘krak yoshidagi bolalarda ichak disbiozi belgilari qanday?
Asosiy belgilari:

Qayt qilish;
Oyoqlarini bukib olishi;
Bola axlatini ko‘kimtir, ko‘pikli, suyuq, oq quyqa bilan kelishi. Odatda nordon yoki chirigan hidli bo‘ladi;
Ovqatdan 2- 2,5 soatdan keyin og‘riq paydo bo‘ladi va xurujsimon xarakterga ega bo‘ladi;
Ichini quldirashi;
Diareya;
Ich kelishga tez-tez chaqiriqlar bo‘lishi;
Meteorizm;
Qusish;
Tana vaznini kamayishi;
Allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi.
Ichak disbiozini davosi bilan qaysi mutahassis shug‘ullanadi?
Bunday holda ichak mikroflorasining o‘zgarishiga sababchi bo‘lgan kasallikni davolash kerak. Bunday buzilish korreksiyasi – asosiy kasallikni davolashning bir qismi bo‘lib, bunga davoni pediatr, gastroenterolog, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis yoki allergolog tayinlaydi.
Bolalarda ichak disbiozini oldini olish uchun nimalar qilish kerak?
Qatiq mahsulotlari ulushini oshiring;
Har kuni bolaga meva va sabzavot bering;
Tarkibida konservant saqlovchi mahsulotlarni iste'mol qilishni cheklang yoki kamaytiring;
Ovqatlanish oralig‘i 3,5 – 5 soatdan oshmasligi kerak, lekin oralig‘i kam ham bo‘lmasligi kerak.
Nima uchun antibiotiklardan keyin ichak disbiozi rivojlanadi?
Ayni paytda, antibiotiklar ko‘pgina bakterial infeksiyalarga qarshi qo‘llaniladi, lekin kasallik chaqirgan bakteriyalarni o‘ldirish bilan birga organizmning normal faoliyati uchun kerak bo‘lgan mikroorganizmlarni ham yo‘qotadi va natijada disbioz rivojlanadi.
Ichak disbiozi qanday asoratlarga olib keladi?
Ichak disbiozini uzoq davom etishi organizmning himoya funksiyalarini pasayishi, yallig‘lanish kasalliklari va allergik reaksiyalar paydo bo‘lishiga olib keladi.