Materiallarni shakllantirish
Maqolalarni tayyorlash bo‘yicha talablar:
Maqolalar Pediatriya jurnalida chop ettiriladi, shu sababli maqolalar Pediatriya jurnali talabiga ko‘ra shakllantirilishi lozim. Maqolalarni chop ettirilishi bepul.
Tezislarni tayyorlash bo‘yicha talablar:
Tezis hajmini 1 betdan oshirmasdan, A4 formatda, Times New Roman 12 shriftida, 1,0 intervalda yoziladi; yuqori va pastdan 2 sm dan, chap tarafdan 3 sm, o‘ngdan 1sm, abzasga 1sm dan qoldiriladi, jadval va rasmlar kiritilmaydi. Birinchi qator – mavzu bosh va yarimqoralashtirilgan xarflarda yoziladi; pastda o‘rtadan – mualliflarning familiyasi va initsiallari, pastda o‘rtadan – tashkilotning to‘liq nomi, shahar va davlat nomi, so‘ng pastdan tezis matni yoziladi. Tezis mavzusida qiskartirishlar yo‘l qo‘yilmaydi. Tezis kirish qism, ilmiy ishning maqsadi, material hajmi va tekshirish usullari, olingan natija va xulosalar kabi qismlardan iborat bo‘ladi. O‘zbek tilida yozilgan tekstlarda o‘zbek xarflarining barcha elementlari kiritilgan bo‘lishi shart. Fayl nomi quyidagi tarzda shakllantiriladi: muallifning familisi va initsiallari va ishning nomeri. Misol: Odilova M.M.1, Odilova M.M.2. Tezislar 2 nusxada qog‘ozda, va elektron variantda yuboriladi (2-nusxasida muloqat uchun xizmat va shaxsiy telefon raqamlari, elektron manzili ko‘rsatiladi, mualliflarning imzosi qo‘yiladi).
Tezis va maqolalarni qabul qilishning oxirgi muddati – 2015 yil, 1avgust. Tezislarni chop ettirilishi bepul.
Tezislarni o‘zbek, rus va inglis tillarida taqdim etish mumkin.
Konferensiyaning ilmiy dasturida ishtirok etish bo‘yicha talab va takliflaringizni 2015 yil 10 sentyabrgacha yuborishingizni so‘raymiz.
Tezislarni shakllantirish misoli:
Tezis va maqolalarni qabul qilishning oxirgi muddati – 2015 yil, 1avgust. Tezislarni chop ettirilishi bepul.
Tezislarni o‘zbek, rus va inglis tillarida taqdim etish mumkin.
Konferensiyaning ilmiy dasturida ishtirok etish bo‘yicha talab va takliflaringizni 2015 yil 10 sentyabrgacha yuborishingizni so‘raymiz.
Tezislarni shakllantirish misoli:
