Ordinaturaga qabul ochiq!
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 17 iyuldagi 238-sonli buyrug‘iga
(faylni yuklab oling) asosan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha klinik ordinaturaga qabul qiladi:Pediatriya – 24 o‘rin (shartnoma asosida),
Neonatologiya – 6 o‘rin (shartnoma asosida),
Laboratoriya ishi – 6 o‘rin (shartnoma asosida),
Tibbiy radiologiya – 2 o‘rin (shartnoma asosida).
Neonatologiya – 6 o‘rin (shartnoma asosida),
Laboratoriya ishi – 6 o‘rin (shartnoma asosida),
Tibbiy radiologiya – 2 o‘rin (shartnoma asosida).
Klinik ordinatura tanloviga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar:
1. O‘zR SSV RIPIAT Markazi direktori nomiga tanlovda ishtirok etuvchi nomidan ariza
(namunaga asosan);2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom nusxasi yoki diplomdan ko‘chirma va uning ilova qismi);
3. Pasport (nusxa);
4. 086-forma tibbiy ma’lumotnoma;
5.Avtobiografiya;
6. Ish staji bo‘lganlar uchun mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (yoki shtrix-kodi bo‘lgan elektron versiyasi);
7. Ish joyidan tavsifnoma, mehnat stajiga ega shaxslar uchun;
8. 3x4 o‘lchamli 4 ta fotosurat;
9. So‘rovnoma;
10. Ta’lim olishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq imtiyozlarni tasdiqlovchi hujjat.
Klinik ordinaturaga qabul 2024 yil 1-20 avgust kunlari (shu kunlar ham qo‘shilgan holda) amalga oshiriladi.
Hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro‘yhatdan o‘tish jarayoni bevosita (Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Chimboy 2, Talant ko‘chasi 3.) va onlayn tarzda elektron variantda
a.rano@pediatriya.uz pochta manzili orqali qabul qilinadi (sifatli skaner qilingan hujjatlarni taqdim etishingizni so‘raymiz).2024/2025 o‘quv yili uchun klinik ordinaturaga qabul bo‘yicha kirish imtihonlari test shaklida 2024 yil 24-26 avgust kunlari o‘tkaziladi (klinik ordinaturaga qabul bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilishi sanasi markazning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi).
Murojat uchun
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Chimboy 2, Talant ko‘chasi 3.
Telefonlar:
+998 71 229-38-76Eslatma: Telefonlar:
bir vaqtning o‘zida 2 ta yoki bir nechta muassasada konkursda ishtirok etish mumkin emas.
