Toshkent sh, Olmazor tumani, Olimpiya MFY, Isteʼdod 1-uyDush-Shan · 08:00-18:00 · Statsionar 24/7
+998 55 517-10-03

Ta'lim

Ta'lim

Markazning klinik ordinatura, ilmiy kadrlar tayyorlash va xalqaro ta'lim dasturlari haqida ma'lumotlari.

Klinik ordinatura

Klinik ordinatura

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 20-iyuldagi 232-sonli buyrug‘iga muvofiq
(buyruq faylini yuklab olish mumkin)
, 2026/2027-o‘quv yili uchun Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining quyidagi mutaxassisliklari bo‘yicha klinik ordinaturaga qabul boshlanganligini ma’lum qilamiz:

Pediatriya – 24 o‘rin (erkin to‘lov-kontrakt asosida);

Neonatologiya – 6 o‘rin (erkin to‘lov-kontrakt asosida);

Laboratoriya ishi – 6 o‘rin (erkin to‘lov-kontrakt asosida);

Tibbiy radiologiya – 2 o‘rin (erkin to‘lov-kontrakt asosida);

Otorinolaringologiya – 2 o‘rin (erkin to‘lov-kontrakt asosida).

Klinik ordinatura (rezidentura)ga o‘qishga hujjatlar faqat elektron shaklda
medtoifa.ssv.uz
axborot tizimi orqali (OneID yordamida) qabul qilinadi (iltimos, hujjatlarni sifatli skaner qilingan holda yuklang).

Klinik ordinaturaga hujjatlar 2026-yil 20-avgust kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

Kirish test sinovlari 2026-yil 25–30-avgust kunlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi.

Murojaat uchun:
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, 2-Chimboy ko‘chasi, Talant tor ko‘chasi, 3-uy.
Telefon: (+998 71) 229-38-76

Eslatma: Talabgor bir qabul mavsumida faqat bitta ta’lim tashkiloti va bitta mutaxassislikni tanlashi mumkin.

Ilmiy kadrlar tayyorlash

Ilmiy kadrlar tayyorlash

Ilmiy kadrlar tayyorlash

Yetuk malaka va tajribaga ega tibbiy kadrlar tayyorlash bu bizning asosiy maqsadimiz!

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24-iyuldagi PF-4456-sonli “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʼtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida” farmoni va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabr, VMQ 365-sonli “Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʼtkazish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari toʼgʼrisida” Qaroriga binoan har yili markazda tanlov asosida Pediatriya -14.00.09 ixtisosligi va Bolalar xirurgiyasi – 14.00.35 ixtisosligi boʼyicha Katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar qabul qilinadi.
Hozirgi vaqtda mustaqil izlanuvchilar institutida quyidagi mutaxassislar ilmiy ish olib bormoqda:
1. Nurmatova Nargiza Fatxullaevna: “Bolalarda surunkali gepatit V va lyamblioz invaziyasi: oʼzaro taʼsiri, tashxis va davolash usullarini takomillashtirish”
2. Tadjixanova Dono Pulatovna: “Bolalarda gerpesvirus infektsiyasi bilan assotsiatsiyalangan mikoplazma zotiljami. Davolashni optimallashtirish va bashorat qilish”
3. Yusupalieva Gulnora Аkmalovna: “Bolalarda surunkali virusli gepatitlarni kompleks klinika-exografik tashxislash”
4. Dehqonboev Аvazjon Аbdumannonvich: “Bolalarda nekrotik enterokolitning erta va kechki asoratlarini tashxislash va xirurgik davolash”
5. Yuldashev Rustam Zafarjonovich: “Bolalarda jigarga bogʼliq boʼlmagan portal gipertenziyada vitseral qon aylanishni portosistem shuntlashga qilgan reaktsiyasi ”
6. Saitazizov Xurshid Bashrullaevich: “Erta yoshdagi bolalarda yuqori oʼpka gipertenziyasi bilan asoratlangan tugʼma yurak nuqsonini xirurgik davolash taktikasi”
7. Raximov Аbdulla Xayitovich: “OIV/ITSB va boshqa ikkilamchi immuntanqisli bolalarni emlash taktikasini aniqlashda immun tizimini majmua baholash ”
8. Аrifdjanov Nodirjon Sabirdjanovich “Bolalarda qiziloʼngachning tugʼma va orttirilgan stenozlarini davolash”.
Pediatriya maktabi

Pediatriya maktabi

Pediatrlar maktabi

Аmaliyotdagi shifokorlar nazariy bilimini yaxshilash, tashhisot va davolashdagi yangi texnologiyalar bilan tanishtirib borish maqsadida Markaz xodimlari Oʼzbekiston pediatrlari Аssotsiatsiyasi bilan hamkorlikda doimiy ravishda Toshkent shahri va boshqa xududlarda pediatrlar maktabini oʼtkazadilar.

2015-yilda quyidagi mavzular bo'yicha seminarlar o'tkazilgan:
1. Bolalarda bronxoobstruktiv sindrom. 19 fevral, Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi bosh bolalar pulmanologi, RIPIАTM pulmanologiya boʼlimi rahbari t.f.d., professor F.M.Shamsiev ishtirokida.
2. Bolalarda yoʼtalning yuzaga kelish sabablari va mexanizmi. Pediatriya amaliyotida respirator virusli kasalliklar terapiyasi qirralari. Klinik misollarni muxokama qilish. 26-28 fevral, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʼrsatgan shifokor, I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva Davlat tibbiyot instituti bolalar kasalliklari kafedrasi mudiri, t.f.d., professor N.А.Geppe ishtirokida.
3. Respirator tizimni yalligʼlanish kasalliklarini patogenetik terapiyasining yangi imkoniyatlari. Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti pediatriya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor F.S.Shamsiev ishtirokida.
4. Bolalarda meʼda-ichak trakti funktsional buzilishlari. Klinik kuzatishlarni muxokama qilish. 13 mart, RIPIАTM gastroenterologiya boʼlimi bosh ilmiy xodimi t.f.d. , Sogʼliqni saqlash vazirligi bosh bolalar gastroenterologi Z.E.Umarnazara ishtirokida.
5. Bolalarda oʼtkir ichak infektsiyalarini davolashga yangicha yondoshuv. Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti bolalar infektsiyasi kafedrasi mudiri, G.А.Ibadova ishtirokida.

Hurmatli sayt mehmonlari, Sizlarni qiziqtirayotgan mavzularni pediatrlar maktabi doirasida muxokama qilish uchun quyidagi elektron manzilga xabar yozishingiz mumkin:

JSST va UNICEF treninglari

JSST va UNICEF treninglari

JSST / UNICEF texnologiyalari bo'yicha treninglar

JSST / UNICEF texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha tibbiyot xodimlarini o'qitish bo'yicha treninglar.

Markazning bolalarga tibbiy xizmat koʼrsatish sifatini yaxshilash va bolalar oʼlimini kamaytirishga qaratilgan asosiy yoʼnalishlaridan biri Respublikada chaqaloqlar reanimatsiyasi, koʼkrak suti bilan boqish, ratsional ovqatlanish, bolalar oʼsish va rivojlanishi monitoringi, bolalar oʼrtasida xayot uchun muhim mikronutrientlarni saplementatsiyasi, bolalar kasalliklarini integrirlashgan usulda olib borish kabi JSST /YUNISEF texnologiyalarini joriy qilishdir. Markazda ushbu yoʼnalishlar boʼyicha koordinatorlar va milliy trenerlar tayyorlangan.
Markaz 2008 yildan shu kungacha Sogʼliqni saqlash vazirligi, Yevropa Ittifoqi va YuNISEFning “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish xizmatini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirishda ishtirok etmoqda.
Loyihada kasalliklar va oʼlimning asosiy sabablariga taʼsir qilish boʼyicha tadbirlar “Bolalarni yashab qolishi”paketiga birlashtirilgan.

Unga quyidagi bo'limlar kiritilgan:

«Bolalar kasalliklarini integrirlashgan usulda olib borish»

«Koʼkrak sutini targʼib qilish»

«Chaqaqloqlarni jamiyat darajasida parvarish qilish»

«Kichik yoshdagi chaqaloqlar/bolalarni ovqatlintirish»

«Bolalar oʼsish va rivojlanishi monitoringi»

Markaz xodimlari ushbu dasturlar boʼyicha treninglar oʼtkazadilar

2008-2011 yillarda loyixaning 1-fazasi amalga oshirildi (OvaBSMQT-1 faza), u Respublikaning 8 ta mintaqasini o'z ichiga oladi: Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari.
2012 yildan OvaBSMQT loyihasining 2-fazasi amalga oshirilmoqda, u o'z ichiga Respublikaning 6 ta mintaqasi Toshkent shaxri, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Toshkent, Farg'ona va Xorazm viloyarlarini oladi. Shuningdek, 1-faza o'tkazilgan xududlarda ham bir necha treninglar o'tkazish rejalashtirilgan. 2015 yilda loyiha yakunlanadi.
Markazning koordinatorlari va milliy trenerlari tomonidan “OvaBSMQT-2 faza”si doirasida 324 nafar trenerlar tayyorlangan, tibbiyot xodimlari oʼqitilgan (2015 yil 22 aprel maʼlumotlari).

Ta'lim

«Ishonch 2030» dasturlari doirasida ishlab chiqilgan o‘quv materiallari ro‘yxati

«Ishonch 2030» dasturlari doirasida ishlab chiqilgan o‘quv materiallarini DOCX formatida yuklab olishingiz mumkin.

DOCX faylni yuklab olish

Fan

Pediatrlar 9-syezdi materiallari

Pediatrlar 9-syezdi tezislar to'plamini PDF formatida ko'rish va yuklab olish mumkin.

PDF faylni ochish