Davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari xajmi
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamiing kafolatlangan xajmlari ROʼYXАTI Davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari qajmi (keyingi oʼrinlarda – kafolatlangan paket) – aholiga Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʼrsatiladigan bepul tibbiy yordamdir. Kafolatlangan paket birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari hamda shifoxonalar tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fukaroligi boʼlmagan shaxslarga takdim etiladi. Kafolatlangan paket davlat muassasalarida sogliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tashxis va davolash klinik standartlari hamda klinik protokollarga muvofiq amalga oshiriladi. Dori vositalari tibbiy koʼrsatmalarga asosan oilaviy shifokor va davolovchi shifokorlarning tavsiyasiga koʼra, tegishliligi boʼyicha davolash-profilaktika muassasalarida sogliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan formulyarlar asosida belgilangan hajmda bepul beriladi. Kafolatlangan paket quyidagilarni uz ichiga oladi: 1) Shoshilinch va tez tibbiy yordam; 2) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami (ambulator-poliklinika va konsultativdiagnostika yordami, kunduzgi statsionar va statsionarda koʼrsatiladigan tibbiy yordam, tugruqqa koʼmaklashish yordami); 3) tibbiy reabilitatsiya va aholining ayrim qatlamlariga koʼrsatiladigan palliativ yordam.
Ko'chirib olish