Toshkent sh, Olmazor tumani, Olimpiya MFY, Isteʼdod 1-uyDush-Shan · 08:00-18:00 · Statsionar 24/7
+998 55 517-10-03

Tibbiy yo'nalishlar

Jarrohlik anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi

Jarrohlik bemorlarini operatsiyaga tayyorlash, kuzatish va intensiv davolash.

Bo'limlar

Jarrohlik anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi

Jarrohlik anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi

Boʼlim mudiri

Xudoyqulov Faxriddin Elmurodovich

oliy toifali shifokor

    Bo‘lim 2013-yildan buyon faoliyat yuritib, 6 o‘ringa mo‘ljallangan. Bo‘limga yuqori toifali shifokor — Xudoyqulov Faxriddin Elmurodovich rahbarlik qiladi. U ko‘p yillik tajribaga ega malakali mutaxassisdir.

    Biz umumiyxirurgiya, urologiya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha turli patologiyalarga ega bemorlarga yordam ko‘rsatamiz. Bo‘limda operatsiyagacha va operatsiyadan keyingi davrda, shuningdek, turli darajadagi asoratlar bilan murojaat qilgan bemorlar davolanadi.

    Bo‘limimiz zamonaviy davolash va diagnostika uchun kerakli jihozlar bilan ta’minlangan:
   • sun’iy nafas oldirish apparatlari (IVL);
   • oxirgi avlod narkoz apparatlari;
  • Ambu nafas olish qopchalari;
  • bemor holatini uzluksiz kuzatish uchun monitorlar;
   • shprits va infuzion nasoslar;
   • zamonaviy xirurgik asboblar to‘plami;
   • bakteritsid tsirkulyator steril muhitni ta’minlash uchun;
  • portativ rentgen va KShS apparatlari;
   • portativ ultratovush apparati (UZİ).

Bizning bo‘lim — bu kasbiy mahorat, innovatsion uskunalar va har bir bemorga individual yondashuvning uyg‘unligi. Biz sizning tezroq sog‘ayishingiz uchun qulay sharoit yaratamiz va eng qadrli narsani — sog‘lig‘ingizni saqlashga intilamiz.
Bo'limlar