Toshkent sh, Olmazor tumani, Olimpiya MFY, Isteʼdod 1-uyDush-Shan · 08:00-18:00 · Statsionar 24/7
+998 55 517-10-03

Tibbiy yo'nalishlar

Tibbiy radiologiya va funktsional diagnostika bo‘limi

Zamonaviy radiologik va funksional diagnostika usullarini birlashtirgan bo‘lim.

Bo'limlar

Tibbiy radiologiya va funktsional diagnostika bo‘limi

Tibbiy radiologiya va funktsional diagnostika bo‘limi

Bo‘lim mudiri

Mahkamova Oysha Damirovna

    “Tibbiy radiologiya va funktsional diagnostika” bo‘limi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy pediatriya tibbiyot markazining zamonaviy diagnostika usullarini o‘zida mujassam etgan yetakchi bo‘limlaridan biridir.

Bo‘lim tarkibi va yo‘nalishlari

1. Rentgen diagnostika xonalari
Poliklinika va xirurgiya bloklarida joylashgan. Bu yerda quyidagi tadqiqotlar amalga oshiriladi:
   • Oshqozon-ichak traktining (O‘IT) kontrastli va kontrastsiz tadqiqotlari (passaj, irrigografiya);
   • Ekskretor urografiya va sistografiya;
   • Suyak-bo‘g‘im tizimi, ko‘krak qafasi organlari, burun yondosh bo‘shliqlari va o‘rta quloq tekshiruvi.
2. Multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT) xonasi
Ichki organlarning to‘liq tadqiqotlari, jumladan kontrastli angiografiya kabi usullar bajariladi.
3. Ultratovush diagnostika (UTD) xonalari
   • Barcha organ va tizimlarning ultratovush tekshiruvi;
   • Elastometriya (to‘qimalarning zichlik va elastiklik darajasini baholash);
   • EhoKG (yurak ultratovush tekshiruvi).
4. Elektroensefalografiya (EEG) xonasi
   Miya funksional faoliyatini o‘rganish ishlari amalga oshiriladi.
5. Elektrokardiografiya (EKG) xonasi
   Zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yurak faoliyati tekshiriladi.
6. Reanimatsiya va operatsiya bloklari
   Suyak va xirurgik reanimatsiya bo‘limlari hamda OPN O‘RIT bloklari mobil raqamli rentgen apparatlari bilan jihozlangan. Shuningdek, 2 ta intraoperatsion rentgen apparati mavjud.

Pediatriya radiologiyasi maktabi

2003-yildan boshlab RIPIATMning rentgenologiya bo‘limi Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini malakasini oshirish markazida rentgen laborantlarini tayyorlash bazasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
2014-yilda “Salomatlik-3” loyihasi doirasida O‘zbekistonga yuqori texnologiyali diagnostika uskunalari yetkazib berilgach, ushbu uskunalar bilan ishlash uchun malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash zarurati tug‘ildi.
2018-yil 13-noyabrda GIZ Germaniya loyihasi ko‘magida Pediatriya radiologiyasi maktabi ochildi. Bu maktab yangi avlod rentgen uskunalarida, jumladan mobil va statsionar raqamli rentgen apparatlari, MSKTda ishlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan.

Maktab faoliyati natijalari

2018–2024-yillar davomida quyidagilar o‘qitildi:
  • 257 nafar shifokor;
  • 1548 nafar rentgen laboranti.
Nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarning samarali uyg‘unlashuvi natijasida maktab bitiruvchilari tibbiy texnika bilan ishlashda yuqori natijalarga erishmoqda.

“Tibbiy radiologiya va funktsional diagnostika” bo‘limi zamonaviy diagnostika usullarini joriy etib, har bir bolaning sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilmoqda va O‘zbekistonda yangi tibbiy xizmat madaniyatini shakllantirmoqda.
Bo'limlar