Toshkent sh, Olmazor tumani, Olimpiya MFY, Isteʼdod 1-uyDush-Shan · 08:00-18:00 · Statsionar 24/7
+998 55 517-10-03

Tibbiy yo'nalishlar

Somatik reanimatsiya va intensiv terapiya bo'limi

Reanimatsiya va intensiv davolanishga muhtoj bolalarga yuqori malakali yordam.

Bo'limlar

Somatik reanimatsiya va intensiv terapiya bo'limi

Somatik  reanimatsiya va intensiv terapiya bo'limi

Bo‘lim mudiri

Mahmudov Abror Saidmusaevich

Oliy toifali shifokor

   Bo‘limimiz 12 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, reanimatsiya va intensiv davolanishga muhtoj bo‘lgan turli somatik patologiyali bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatadi. Biz butun respublikadan 2 oylikdan 18 yoshgacha bo‘lgan bemorlarni qabul qilib, ularga jahon standartlari darajasida tezkor va professional yordam beramiz.

Kimlarga yordam beramiz?

Bo‘limimizda quyidagi og‘ir holatdagi bolalar davolanadi:
   • Infeksion-toksik shok
   • Bosh miyaning shishi
   • Nafas yetishmovchiligi
   • Suv-elektrolit muvozanati buzilishlari
   • Turli etiologiyali tutqanoq holatlari
   • Yurak ritmining buzilishlari
   • Og‘ir pnevmoniya, mukovitsidoz, sepsis
   • Kardiomiopatiya, tug‘ma yurak nuqsonlari
   • Og‘ir oqsil-energetik yetishmovchilik
   • Nefrologik patologiyalar
   • Nevrologik patologiyalar

Bizning imkoniyatlarimiz

Bo‘limimiz zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan:
   ✅ Zamonaviy sun’iy nafas oldirish apparatlari
   ✅ Hayotiy muhim funksiyalarni 24/7 monitoring qilish tizimi
   ✅ Ko‘chma va statsionar rentgen uskunalari
   ✅ Ultrasonografiya va qon gazlari tahlili (KShS) apparati
   ✅ Markazlashgan kislorod yetkazib berish tizimi
   ✅ Favqulodda yoritish tizimi va funksional krovatlar
   ✅ Markazlashgan konditsioner tizimi
   ✅ Og‘ir bemorlarni tashish uchun reanimobil

Bo‘limimiz SanPiN talablariga to‘liq javob beradi va quyidagi xonalarga ega:
   ✔ Ikki izolyator xonasi
   ✔ Katta va kichik reanimatsiya zallari
   ✔ Intensiv terapiya palatalari

Tashxislash va laboratoriya tekshiruvlari statsionarning maxsus bo‘limlarida 24/7 amalga oshiriladi.

Mutaxassislarimiz

Bo‘limimizning barcha shifokorlari o‘z ishining professionallari bo‘lib, oliy va birinchi toifali mutaxassislardir. Kunning har qanday vaqtida bemorlarning xavfsizligi va qulayligini ta’minlash uchun ishlaymiz. Bo’limda:
   👨‍⚕ 10 nafar ordinator-shifokor
   👩‍⚕ 23 nafar hamshira va 18 nafar kichik tibbiy xodim faoliyat yuritadi

Bo‘limimizda 24/7 ishlaydigan hamshiralik postlari mavjud bo‘lib, bemorlarga uzluksiz tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, og‘ir asoratlari bo‘lgan bemorlar uchun gemotransfuziya, plazmotransfuziya va immunoglobulin terapiyasi amalga oshiriladi.

Biz nafaqat hayotni saqlab qolishga, balki bolalarning tezroq sog‘ayib ketishiga yordam berishga intilamiz. Ularga eng yaxshi parvarish va qulay sharoitlar yaratish bizning asosiy vazifamiz.

Sizning ishonchingiz – bizning mas’uliyatimiz!
Bo'limlar