Toshkent sh, Olmazor tumani, Olimpiya MFY, Isteʼdod 1-uyDush-Shan · 08:00-18:00 · Statsionar 24/7
+998 55 517-10-03

Tibbiy yo'nalishlar

Nefrologiya bo‘limi

Bolalardagi buyrak va siydik yo‘llari kasalliklarini tashxislash va davolash.

Bo'limlar

Nefrologiya bo‘limi

Nefrologiya bo‘limi
Nefrologiya bo‘limi

Boʼlim mudiri

Keldiyarova Dilorom Xayrullayevna

Oliy toifali shifokor
16 o‘ringa mo‘ljallangan nefrologiya bo‘limi buyrak va siydik tizimi kasalliklariga chalingan bolalarga yuqori malakali maxsus yordam ko‘rsatadi. Bo‘limga tajribali mutaxassis, oliy toifali shifokor Keldiyarova Dilorom Xayrullayevna. rahbarlik qiladi.

Biz davolaydigan kasalliklar:

Bo‘limda quyidagi nozologik guruhlarga kiruvchi kasalliklar diagnostikasi va davolash amalga oshiriladi:
   • Steroidga chidamli nefrotik sindrom;
   • Surunkali nefritik sindrom;
   • IgA-nefropatiya (gipertenziya, proteinuriya, gematuriya);
   • Tez rivojlanadigan xavfli glomerulonefrit;
   • Surunkali tubulointerstitsial nefrit.

Zamonaviy diagnostika usullari:

Kasalliklarni aniqlash va nazorat qilish uchun biz quyidagi ilg‘or texnologiyalardan foydalanamiz:
  • Ultratovush tekshiruvi: buyrak va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining tuzilmasini baholash.
   • Rentgen va MSKT: kasalliklarni batafsil tasvirlash.
   • Laboratoriya diagnostikasi:
   • Qon va siydikdagi mikroelementlarni aniqlash.
   • Siydik va qonni bakteriologik tekshirish.
   • Qondagi oqsil fraksiyalarini o‘rganish.
   • Siklosporin A, takrolimus, C3 va C4 komponentlarini aniqlash.
   • Autoimmun markerlar: ANCA, IgA, ikki zanjirli DNK.
   • Yuqori aniqlikka ega ELISA usullari.
   • Nefrobiopsiya: buyrak to‘qimalarini batafsil o‘rganish va aniq tashxis qo‘yish.

Nima uchun bizni tanlashadi:

Biz faqat malakali tibbiy yordam ko‘rsatish bilan cheklanmaymiz, balki har bir bola uchun individual yondashuvni ta’minlaymiz. Maqsadimiz – nafaqat davolash, balki kichik bemorlarimizning hayot sifatini yaxshilashdir.

Nefrologiya bo‘limi – bu ko‘p yillik tajriba, zamonaviy texnologiyalar va farzandingiz sog‘lig‘i uchun haqiqiy g‘amxo‘rlik uyg‘unligi.
Bo'limlar