Toshkent sh, Olmazor tumani, Olimpiya MFY, Isteʼdod 1-uyDush-Shan · 08:00-18:00 · Statsionar 24/7
+998 55 517-10-03

Tibbiy yo'nalishlar

Oy kuniga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘limi

Muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarga ixtisoslashtirilgan parvarish va tibbiy yordam.

Bo'limlar

Oy kuniga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘limi

Oy kuniga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘limi
Oy kuniga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘limi

Bo‘lim mudirasi

Abduraxmanova Fatima Rixsibaevna

Tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor

Oy kuniga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘limi 1974 yilda O‘zbekistonda bolalar salomatligini saqlash yo‘lida katta hissa qo‘shgan professor M.M. Azimjonova tashabbusi bilan tashkil etilgan. O‘shandan buyon bo‘lim neonatologiya yo‘nalishida yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Hozirda bo‘lim 30 o‘ringa ega bo‘lib, asosan Respublika bo‘ylab viloyat va shahar tug‘ruqxonalardan order asosida yo‘naltirilgan chaqaloqlarni qabul qiladi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

• Muddatidan oldin yoki o‘z vaqtida turli patologik holatlarda tug‘ilgan chaqaloqlarga zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish;
• Yangi tug‘ilgan bolalarda hayot uchun muhim funksiyalarni tiklash va barqarorlashtirish;
• Har bir chaqaloqqa individual yondashuv asosida yuqori sifatli parvarish va davolashni ta’minlash.

Bo‘limda quyidagi kasalliklar bo‘yicha davolash ishlari amalga oshiriladi:

• Tug‘ma pnevmoniya
• Neonatal sariqlik
• Nekrotik enterokolit
• Chaqaloqlar bakterial sepsisi
• Muddatidan oldin tug‘ilgan kam vaznli chaqaloqlar
• Serebral statusning turli buzilishlari
• Tug‘ruq travmalari
• Bullez epidermoliz
• Chaqaloqlar gemorragik kasalligi

Ilmiy va tibbiy rahbariyat:

Ilmiy rahbar: t.f.d. Salixova K.Sh.
Bo‘lim mudirasi: t.f.n. Abdurahmanova F.R.
Bo‘lim shifokorlari: Nurtayeva Ch.Q., Pulatova T.X.


Bo‘lim jamoasi har bir chaqaloqning sog‘lig‘i, hayoti va kelajagi uchun bor bilim va tajribasini safarbar etadi. Biz uchun bu — nafaqat kasb, balki yurakdan kelib chiqqan mas’uliyat va fidoyilikdir.
Bo'limlar