Toshkent sh, Olmazor tumani, Olimpiya MFY, Isteʼdod 1-uyDush-Shan · 08:00-18:00 · Statsionar 24/7
+998 55 517-10-03

Tibbiy yo'nalishlar

Klinik-Laboratoriya diagnostikasi bo‘limi

Tashxisni aniqlashtirish uchun zamonaviy klinik va laboratoriya tekshiruvlari.

Bo'limlar

Klinik-Laboratoriya diagnostikasi bo‘limi

Klinik-Laboratoriya diagnostikasi bo‘limi
Klinik-Laboratoriya diagnostikasi bo‘limi

Bo‘lim mudiri

Aripov Abdumalik Nig‘matovich

Nabiyev A.U

Tibbiyot fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi laboratoriya xizmati bo‘yicha bosh mutaxassisi.
Klinik-diagnostika laboratoriyasi O‘zbekistonning eng yirik va yetakchi laboratoriyalaridan biri hisoblanadi. Biz 1000 dan ortiq turdagi laboratoriya tadqiqotlarini taklif qilamiz va barcha klinik laboratoriya diagnostikasi yo‘nalishlarida tez, ishonchli va aniq natijalarni taqdim etamiz. Tadqiqotlarimiz:
   • to‘g‘ri tashxis qo‘yishga;
   • davolashning optimal usulini tanlashga;
   • kasallik prognozini baholashga;
   • terapiya samaradorligini nazorat qilishga yordam beradi.

Noyob kasalliklar diagnostikasi

Laboratoriyada noyob kasalliklarni aniqlash bo‘limi tashkil etilgan. PerkinElmer QSight 210 MD uskunasida quyidagi kam uchraydigan kasalliklar bo‘yicha selektiv skrining o‘tkaziladi:
   • Pompe kasalligi;
   • Goshe kasalligi;
   • Fabri kasalligi;
   • Krabbe kasalligi;
   • Niman-Pik kasalligi (A va B tiplari);
   • Mukopolisaxaridoz I tipi.

Zamonaviy uskunalar va tadqiqotlar

1. To‘liq avtomatlashtirilgan xemilyuminestsent tahlil tizimi
MAGLUMI X3, MAGLUMI X8
Quyidagi tadqiqotlar o‘tkaziladi:
   • Infeksion markerlar (Cytomegalovirus, Herpes, Chlamydia, Toxoplasma va boshqalar);
   • Gepatit markerlari (HBsAg, Anti-HCV, HAV IgM, Anti-HAV/G va boshqalar);
   • Immunologik markerlar (IgA, IgG, IgM);
   • Autoimmun markerlar va antitanachalar (Anti-dsDNA, Anti-TPO, Anti-CCP, ANA va boshqalar);
   • Gormonlar (TTG, T3, T4, prolaktin, FSH va boshqalar);
   • Yallig‘lanish va o‘sish markerlari (Interleykin IL-1, IL-6, VEGF, EGF, TNFα va boshqalar);
   • Helicobacter (H.Pylori IgG va IgM);
   • Vitamin va fermentlar (Vitamin D, foliy kislotasi, alfa-fetoprotein va boshqalar).

2. Gematologik tahlil uskunasi Mindray BC-6000

Zamonaviy avtomatlashtirilgan uskunasi yordamida quyidagilar aniqlanadi:
   • to‘liq qon tahlili;
   • leykotsitlarning 5 subpopulyatsiyasi bo‘yicha farqlanishi;
   • gemoglobin va retikulositlar miqdori;
   • biologik suyuqliklar tahlili.
3. Optik koagulyatsion tahlil uskunasi WONDFO
4. Modul avtomatlashtirilgan tizim Cobas® 6000 (Hitachi & Roche)

Biokimyoviy va immunokimyoviy tadqiqotlar uchun yechim. Yillik unumdorligi 3 million testgacha, yuqori aniqlik va samaradorlikni ta’minlaydi.

Xalqaro e’tirof va sifat standartlari

Laboratoriyamiz xalqaro sifat nazoratidan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, quyidagi sertifikatlarga ega:
1. Certificate of Participation — College of American Pathologists (CAP) SAR — 2022 y.;
2. FSVOK — Laboratoriya tadqiqotlari sifatini tashqi nazorat markazi — 2019–2020 y.;
3. RIQAS Certificate of Participation — May 2023 – Dekabr 2024 y.

Biz xalqaro sifat standartlariga javob beradigan xizmatlarni ko‘rsatishdan faxrlanamiz va aniq natijalar asosida muvaffaqiyatli davolanish uchun mustahkam zamin yaratamiz.
Sizning sog‘lig‘ingiz — bizning maqsadimiz!
Zamonaviy texnologiya, professional yondashuv va xalqaro sifat – bitta tahlilda!
Bo'limlar