Bo'limlar
Umumiy pediatriya bo'limi №1

Bo'lim mudiri
Movlonova Shaxnoza Sabirovna
Tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali shifokor
Umumiy pediatriya klinik bo‘limi №1 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda bronx-o‘pka tizimi va ovqat hazm qilish traktining kasalliklari bo‘yicha yuqori malakali reabilitatsion va psixologik yordam ko‘rsatadigan yetakchi markazlardan biri hisoblanadi. Bo‘lim 30 o‘ringa ega bo‘lib, kichik bemorlarni diagnostika qilish, davolash va tiklashda kompleks yondashuvni taklif etadi.
Rahbariyat va mutaxassislar
Bo‘lim tashkil topgan kundan boshlab tibbiyot fanlari doktori, pulmonolog va bolalar psixologi Movlonova Sh.S. tomonidan boshqarilmoqda. Doktor Movlonova – 10 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan yetakchi mutaxassis, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va ikki monografiyaning muallifi.
Bo‘limda quyidagi yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi:
Mustaqimova N.A. – 22 yildan ortiq tajribaga ega oliy toifali shifokor;
Talgatova A.E. – 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan va zamonaviy davolash usullarini qo‘llaydigan shifokor.

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari
Diagnostika va davolash
Bo‘limimizda quyidagi kasalliklar bo‘yicha keng qamrovli yordam ko‘rsatiladi:
Nafas olish organlari kasalliklari:
• Uzoq muddatli o‘tadigan aniqlanmagan pnevmoniya;
• Surunkali bronxit;
• Surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklari;
• Bronxoektaz kasalligi.

Ovqat hazm qilish traktining patologiyalari:
• Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi;
• Eroziv gastroduodenit;
• Surunkali pankreatit;
• Oddi sfinkteri disfunktsiyasi;
• Surunkali xoletsistit va xolangit, o‘t tosh kasalligi.
• Eroziv gastroduodenit;
• Surunkali pankreatit;
• Oddi sfinkteri disfunktsiyasi;
• Surunkali xoletsistit va xolangit, o‘t tosh kasalligi.
Metabolik buzilishlar:
• Protein-energiya yetishmovchiligi;
• Malabsorbsiya sindromining turli shakllari.
• Malabsorbsiya sindromining turli shakllari.
Ichak kasalliklari:
• Seliakiya, allergik enteropatiya, enterokolit;
• Eozinofilik ezinofililli, nospetsifik yarali kolit;
• Kron kasalligi, surunkali qabziyat.
• Eozinofilik ezinofililli, nospetsifik yarali kolit;
• Kron kasalligi, surunkali qabziyat.
Sindromlar:
• Qorin og‘rig‘i;
• Takroriy qayt qilish.
• Takroriy qayt qilish.
Psixosomatika bilan ishlash
Biz bolalardagi psixosomatik holatlarni o‘rganish va davolashga alohida e’tibor qaratamiz. Bunday holatlarning sabablarini tahlil qilamiz va quyidagi usullar yordamida psixologik diagnostika o‘tkazamiz:
• Rasmlar orqali sinovlar: "Uy–daraxt–inson", "Oila kinetik rasmi";
• Bolaning psixologik holatini va ota-ona-bola munosabatlarini aniqlash uchun Varga-Stolin so‘rovnomasi.
• Rasmlar orqali sinovlar: "Uy–daraxt–inson", "Oila kinetik rasmi";
• Bolaning psixologik holatini va ota-ona-bola munosabatlarini aniqlash uchun Varga-Stolin so‘rovnomasi.
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-sentabrdagi №4440-sonli qaroriga muvofiq, bo‘limimizda kam uchraydigan (orfan) kasalliklar, jumladan mukovitsidoz tashxisi qo‘yilgan bemorlar bilan ish olib boriladi. Bunday bolalarga zamonaviy usullar va individual yondashuv yordamida kompleks davolash va reabilitatsiya xizmatlari taqdim etiladi.
Nima uchun bizni tanlashadi?
Biz bolangiz sog‘lig‘ini zamonaviy texnologiyalar va davolash usullaridan foydalangan holda tiklashga yordam beramiz. Har bir bemorning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda xizmat ko‘rsatamiz.
Farzandingiz sog‘lig‘i – bizning asosiy vazifamiz!
Farzandingiz sog‘lig‘i – bizning asosiy vazifamiz!