Bo'limlar
Gastroenterologiya bo'limi

Boʼlim ilmiy rahbari
Kamilova Аltinoy Tursunovna
Boʼlim mudiri
Dustmuxamedova Dinora Xamidovna
Tibbiyot fanlari nomzodi, birinchi toifali shifokor
Tibbiyot fanlari doktori va professor
Tibbiyot fanlari nomzodi, birinchi toifali shifokor
Ilmiy-klinik gastroenterologiya bo‘limi 1979-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda oshqozon-ichak tizimi kasalliklariga chalingan bolalarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatadigan yetakchi bo'limlardan biridir. Bo‘limda 25 ta o‘rin mavjud.
2001-yildan buyon bo‘limga professor Kamilova Altinoy Tursunovna rahbarlik qilib kelmoqda. Professor Kamilova bolalar gastroenterologiyasi va nutrisiologiyasi sohasida yetakchi mutaxassis bo‘lib, 400 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, Respublika bolalar gastroenterologlari va nutrisiologlari jamoat birlashmasi raisi hamda “Bolalar diyetologiyasi masalalari” jurnalining (Rossiya, Moskva) tahririyat hay’ati a’zosi hisoblanadi.
Klinik bo‘lim mudiri – t.f.n. Dustmuxamedova D.X.

Asosiy diagnostika va davolash yo‘nalishlari
Bo‘lim quyidagi kasalliklarni aniqlash va davolash bilan shug‘ullanadi:
1. Yuqori oshqozon-ichak tizimi kasalliklari:
• oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi;
• eroziyali gastroduodenit;
• surunkali pankreatit;
• Oddi sfinkteri disfunksiyasi;
• surunkali xoletsistit va xolangit;
• o‘t toshi kasalligi;
• qaytalanuvchi qusish sindromi.
2. Мalabsorbsiya sindromining turli shakllari fonida oqsil-energetik yetishmovchilik:
3. Ingichka va yo‘g‘on ichak kasalliklari:
• seliakiya;
• intestinal limfo-angioekstaziyasi;
• allergik enteropatiyalar;
• oziq-ovqat oqsillari sababli kelib chiqqan enterokolitlar;
• ezinofilik ezofagit;
• nospetsifik yarali kolit;
• Kron kasalligi;
• surunkali qabziyat.
4. Sindromlar:
• qorin og‘rig‘i sindromi (diagnostika va davolash);
• qaytalanuvchi qusish sindromi (diagnostika va davolash).
Bo‘lim Helicobacter infeksiyasini aniqlashda ureaza nafas testi kabi zamonaviy diagnostika usullaridan foydalanadi.

Bo'limning ilmiy yo'nalishlari
Noyob kasalliklarga alohida e’tibor
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-sentabrdagi №4440-sonli qarori asosida "Noyob (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordamni yanada yaxshilash choralari to‘g‘risida" bo‘limda mukovitsidoz kasalligiga gumon qilingan bemorlar uchun diagnostika ishlari amalga oshiriladi. Tashxis tasdiqlangach, zaruriy terapiya o‘tkaziladi, shuningdek, bemorlar maxsus ovqat aralashmalari bilan ta’minlanadi.
Innovatsiya va ilm-fan
2024-yilda, Innovatsion rivojlanish agentligining amaliy granti doirasida professor Kamilova A.T. rahbarligida gastroenterologiya bo‘limi xodimlari tomonidan «Gluten&Me» mobil ilovasi ishlab chiqildi. Ushbu ilova iOS va Android platformalarida yuklab olish uchun mavjud.
Gluten&Me – bu gluten bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan bemorlar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan zamonaviy raqamli vosita. Ilovada quyidagi ma’lumotlar taqdim etilgan:
• seliakiya, gluten allergiyasi va gluten sezuvchanligi haqidagi simptomlar, diagnostika va davolash usullari;
• foydali manbalar va tavsiyalar;
• glutensiz parhez uchun retseptlar.

Farzandingiz salomatligi yo‘lida bilim, tajriba va innovatsiyalarni birlashtiramiz!
Bo‘limda oshqozon ichak yo‘llari kasalliklari bo‘yicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatiladi. Bo‘limda quyidagi xastaliklar bo‘yicha tashxislash va davolash olib boriladi:
– oshkozon ichak yo‘llari yuqori qismlari – oshkozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, eroziv gastroduodenitlar, surunkali pankreatit, Oddi sfinktri disfunksiyasi, surunkali xoletsistit va xolangit, o‘t qopi tosh kasalligi, retsidivlanuvchi qayt qilish sindromi kabilar.
– metabolik o‘zgarishlar, oqsil- energetik yetishmovchiligi bilan bog‘lik bo‘lgan turli xil malabsorbsiya sindromi bilan kechadigan kasalliklar (mukovitsidoz, tug‘ma lipaza yetishmovchiligi, seliakiya)
– ingichka va yo‘g‘on ichak kasalliklari: seliakiya, intestitsial limfoangioektaziya, allergik enteritlar, eozinofilli ezofagit, surunkali enterokolit, nospetsefik yarali kolit, Kron kasalligi, surunkali qabziyat.
Xazm qilish organlari kasalliklarini tashxislash va davolash O‘zbekiston sog‘liqni saqlash Vazirligigininig 10.06.2013 yil 225-sonli «Bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar to‘g‘risida» buyrug‘i asosida olib boriladi.