Toshkent sh, Olmazor tumani, Olimpiya MFY, Isteʼdod 1-uyDush-Shan · 08:00-18:00 · Statsionar 24/7
+998 55 517-10-03

Tibbiy yo'nalishlar

Kichik yoshdagi bolalar patologiyasi bo‘limi

2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam.

Bo'limlar

Kichik yoshdagi bolalar patologiyasi bo‘limi

Kichik yoshdagi bolalar patologiyasi bo‘limi

Boʼlim mudiri

Boltabaeva Manzura Nishanovna

Oliy toifali shifokor

Boʼlim mudiri

Taxtabekova Maxmuda Faxriddinovna

Bo'lim asoschisi

Tursunov Shuxrat Bositovich

Tibbiyot fanlari nomzodi, 'O'zbekiston sog'liqni saqlash asoschisi', 'do'stlik' ordeni sovrindori

Bo'limimiz 25 o‘ringa mo’ljallangan. Bolalarni sifoxonaga yo’tqazilishi reja asosida Respublika Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan yo‘nalishlar bo‘yicha, shuningdek, xo‘jalik hisobi asosida amalga oshiriladi. Faoliyatning asosiy yo’nalishlari quydagicha: 2 oylik dan 1 yoshgacha bo’lgan bolalardagi og’ir pnevmoniya, mukovistsidoz, sepsis tashxisi bilan kelgan bemor bolalarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatiladi.

Bizning jamoamiz:

Boltaboyeva Manzura Nishanovna – bo‘lim mudiri, 30 yillik tajribaga ega oliy toifali shifokor.
Taxtabekova Mahmuda Faxriddinovna – bo‘lim ordinatori, 27 yillik tajribaga ega oliy toifali shifokor.

Nima uchun bizni tanlash kerak?

• Individual yondashuv. Har bir bolaga alohida e'tibor qaratiladi.
• Zamonaviy jihozlar. Bo’limda zamonaviy diagnoctika usullaru qo’llaniladi. Instrumental tadqiqotlar (MSKT,raqamli rentgen, UTT). Qonni sterillikka tekshiish avtomatlashgan gemokultivatorda va mikroorganizm turini aniqlash kultural metodda va antibiotiklarga sezuvchanlik avtomatlashgan mikrobiologik analizatorda.
• Kompleks davolash. Biz Sog‘liqni saqlash vazirligi standartlariga muvofiq ishlaymiz va zamonaviy diagnostika usullaridan foydalanamiz.

Bolalarda sepsis

Sepsis – bu butun organizmga ta’sir qiluvchi xavfli holat bo‘lib, infeksiya hayot uchun muxim bo’lgan a’zolar faoliyatini izdan cniqaradi, ayniqsa, immuniteti shakllanayotgan uch yoshgacha bo‘lgan bolalar bu kasallikka moyildir.

Bolalarda pnevmoniya

Pnevmoniya – bu o‘pkaning yallig‘lanishi bo‘lib, nafas olishning buzilishi, isitma va holsizlik bilan kechadi. Bizning mutaxassislar ushbu kasallikni zamonaviy davolash usullari yordamida samarali bartaraf etadilar.

Nega bizni tanlashadi?

Biz nafaqat davolaymiz – biz sog‘lik va tabassumlarni qaytaramiz. Shifokorlarning yuqori darajadagi professionalligi, qulay sharoitlar va har bir detalga e’tibor bizning bo‘limimizni eng yaxshi tanlovga aylantiradi.
Farzandingiz sog‘lig‘ini professional mutaxassislarga ishonib topshiring!
Bo'limlar