Toshkent sh, Olmazor tumani, Olimpiya MFY, Isteʼdod 1-uyDush-Shan · 08:00-18:00 · Statsionar 24/7
+998 55 517-10-03

Tibbiy yo'nalishlar

Konsultativ poliklinika va qabul bo'limi

Turli yoshdagi bolalar uchun ambulator konsultativ-diagnostika yordami.

Bo'limlar

Konsultativ poliklinika va qabul bo'limi

Konsultativ poliklinika va qabul bo'limi

Bo‘lim mudiri

Narxojayeva Umida Fayzullaevna

Birinchi toifali shifokor

    Konsultativ-diagnostika bo‘limi pediatriya yo‘nalishida ambulator tibbiy yordam ko‘rsatadi va turli yoshdagi bolalar uchun keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etadi. Har kuni bo‘limda 300 nafar bemor qabul qilinadi, bu esa yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Mutaxassislarimiz

Bo‘limda quyidagi tor yo‘nalishdagi shifokorlar faoliyat yuritadi:
  • Pediatr
  • Pulmonolog
 • Gastroenterolog
 • Allergolog
 • Gepatolog
 • Otorinolaringolog (LOR)
 • Genetik
 • Nefrolog
 • Nevropatolog
 • Oftalmolog
 • Kardiorevmatolog

Bizning imkoniyatlarimiz

Diagnostika zamonaviy uskunalar yordamida amalga oshiriladi:
  • Ultratovush tekshiruvi (UTT)
 • Elektrokardiografiya (EKG)
 • Multispiral kompyuter tomografiya (MSKT)
 • Elektroensefalografiya (EEG)
 • Fibrogastroduodenoskopiya (FGDS)
 • Rentgen
 • Laboratoriya tahlillari

Shuningdek, birlamchi tibbiy yordam uchun protsedura xonasi mavjud.

Xizmatning o‘ziga xosligi

• Elektron navbat tizimi bemorlarning qulayligi uchun joriy etilgan.
  • Qabulga onlayn yozilish imkoniyati mavjud.
  Har bir bemorga individual yondashuv ta’minlanadi.
Farzandingiz faqat eng yaxshisiga loyiq, biz esa buni taʼminlashga tayyormiz!
Bo'limlar