Toshkent sh, Olmazor tumani, Olimpiya MFY, Isteʼdod 1-uyDush-Shan · 08:00-18:00 · Statsionar 24/7
+998 55 517-10-03

Tibbiy yo'nalishlar

Kardiorevmatologiya bo‘limi

Bolalardagi yurak va revmatologik kasalliklarni kompleks tashxislash va davolash.

Bo'limlar

Kardiorevmatologiya bo‘limi

Kardiorevmatologiya bo‘limi
Kardiorevmatologiya bo‘limi

Bo‘lim mudiri

Sabirova Feruza Badritdinovna

Tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor.
Kardiorevmatologiya bo‘limi — bu 20 o‘ringa mo‘ljallangan maxsus tibbiyot bo‘limi. Bo‘limga tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari revmatolog maslahatchisi Sabirova Feruza Badridinovna rahbarlik qiladi.

Bo‘limimizda bolalar orasida keng tarqalgan yurak va revmatologik kasalliklarni kompleks diagnostikasi va davolash ishlari olib boriladi.

Biz davolaydigan kasalliklar:

 • Yoshga xos idiopatik artrit
 • Sistemali qizil yuguruk
  • Dermatomiozit
  • Sklerodermiya
  • Behchet kasalligi
 • Kavasaki kasalligi
  • Vaskulitlar (jumladan, Takayasu kasalligi)
 • Reaktiv artrit
  • Sharpe sindromi
  • Revmatik isitma
  • Tug‘ma yurak nuqsonlari
  • Aritmiyalar
  • Kardiomiopatiyalar
  • Yurakning yallig‘lanish kasalliklari (miokardit, endokardit, perikardit)
  • Bolalardagi gipertoniya

Zamonaviy davolash usullari

Biz har bir bemorga individual yondashuv asosida eng so‘nggi va yuqori texnologiyalarga asoslangan davolash usullarini qo‘llaymiz:
  • Revmatologik kasalliklarni davolashda gen-injener biologik preparatlar.
 • Nekrotik vaskulitlarni (masalan, Takayasu kasalligi) aniqlash uchun kontrast MSKT tadqiqotlari.
 • Innovatsion sitostatiklar, pulsoterapiya va kimyoterapiyaga asoslangan bazaviy davolash.
 • Bo‘g‘im ichki diagnostik va davolash tadqiqotlari.
 • Orfan kasalliklar (masalan, yoshga xos revmatoid artrit)ni davolash.
 • Holter monitoringi va SMAQ (qon bosimining kunlik monitoringi).

Nega bizni tanlashadi?

Malakali shifokorlarimiz kichik bemorlarning hayot sifatini yaxshilash uchun eng samarali davolash usullaridan foydalanadi. Biz nafaqat kasallik alomatlarini yengillashtirishga, balki uzoq muddatli remissiyaga erishishga intilamiz, bolalarning sog‘lom va baxtli hayoti uchun sharoit yaratamiz.
Farzandingiz salomatligi — bizning mas’uliyatimiz!
Bo'limlar